Qafasdagi ruh
Блогерлар чемпионатиMuallif: Abdulloh Ergashev
<<Va sendan ruh haqida so'rarlar. Sen: <<Ruh Robbimning ishidir. Sizga juda oz ilm berilgandir>>, deb ayt>>. (Isro surasi, 85-oyat)
Siz qaysi kasbda yoki qaysi lavozimda bo'lishingizdan qat'iy nazar, saodatga, qalb rohatiga, sokin xotirjamlikka erishishingiz hozir boshlagan mavzuyimizga bog'liqdir. Boymisiz yoki faqir, shifokormisiz yoki jurnalist, arxitektormisiz yoki o'qituvchi, kim bo'lishingizdan qat'iy nazar, mukarram insonsiz. Sizda dunyodagi eng baxtli odamlardan biri bo'lish imkoniyati naqd turibdi. Ishoning, hatto sizga jannatdan joy tayyorlangan. O'zingiz beparvolik qilib, imkoniyatlarni qo'ldan boy bera siz, xolos.