Xato yozish “JINOYAT”!!!
Блогерлар чемпионатиMuallif: Xushvaqtov Shahboz
Yaqinda qarindoshlarni yo’qlash niyatida Qashqadaryo viloyatiga bordim. U yerda ajoyib voqeaga duch keldim. Bobom uylarining ko’cha darvozasi oldida o’tirgandim, qo’shnimizning beshinchi sinfda o’qiydigan Baxtiyor degan o’g’li o’tib qoldi. U salom bergandan keyin alik olib, so’radim: “O’qishlar qalay?” U “Zo’r, aka” dedi. Hayolimga bir narsa ya’ni: respublikamizdagi eng nufuzli oliy o’quv yurtlaridan birida ta’lim olishim yodimga tushib, o’zimcha “bilimdon” lardek qiziqdim: qani, nimasi zo’r ekan deya, bir-ikki savol berdim. Javob bera olmadi. Baxtiyor bir oz qizarib, uyalib turdi-da, keyin “Menga bugun tashakkurnoma berishdi,” deb qoldi.